AsosiyDunyo

Moskva "Islom davlati" Markaziy Osiyoga hujumqilmoqchi, deya ogohlantirdi

'Moskva "Islom davlati" Markaziy Osiyoga hujumqilmoqchi, deya ogohlantirdi'ning rasmi

Rossiya TIV Osiyo Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov "ID" vakillari Afg`onistonga amerikaliklarga qarshi jihod qilishga emas, balki keyinchalik Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun o`ziga harbiy operasiyaga tayyorgarlik ko`riladigan maydon tashkil etishga kelishganini ta`kidladi, deb xabar berdi Sputnik. uz nashri.

Moskva "Islom davlati" jangarilari Markaziy Osiyoga zarba berishni boshlaydigan vaqtda "g`aflatda qolmaslikka" chaqirmoqda, bunday ssenariy xavfi ortgan, deb bayonot qildi payshanba kuni Rossiya prezidenti maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov.

Kabulov "ID" vakillari Afg`onistonga amerikaliklarga qarshi jihod qilishga emas, balki keyinchalik Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun o`ziga harbiy operasiyaga tayyorgarlik ko`riladigan maydon tashkil etishga kelishganini ta`kidladi.

"Bu jiddiy masala. Men ular Markaziy Osiyoga hujum qilayapti demayapman, ular tayyorgarlik ko`rishmoqda. Agar biz mana shu vaqtda g`aflatda qolsak, u holda biz haqiqatda katta kuchga yuzma-yuz kelamiz, u bilan Amudaryo bo`ylab chegarada va Pyanj daryosi bo`ylab yirik kuchlar bilan — biznikilar qatorida ODKB hamda MDH singari ittifoqdoshlar kuchlaridan barobar foydalanishga majbur bo`lamiz", — dedi Kabulov.

    Boshqa yangiliklar