AsosiyJamiyat

1 apreldan FHDYo organlari tuman hokimliklariga bo`ysundiriladi

'1 apreldan FHDYo organlari tuman hokimliklariga bo`ysundiriladi'ning rasmi

2018 yil 1 apreldan FHDYo organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog`liq bo`lgan asosiy faoliyat yo`nalishi bo`yicha tuman (shaxar) hokimliklariga bo`ysundiriladi.

FHDYo organi faoliyati, “Oila” markazining tuman (shahar) bo`limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo`yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shaxar) hokimi o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi raisi zimmasiga yuklatiladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar