AsosiyJamiyat

Bank xodimlari «O`zbekiston bo`ylab sayohat» dasturida ishtirok etishdi

'Bank xodimlari «O`zbekiston bo`ylab sayohat» dasturida ishtirok etishdi'ning rasmi

Mahalliy sayohlikni targ`ib qilishga maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Buxoro viloyati xokimligi hamkorligida ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, Buxoro viloyatining «East Line Tour» sayyohlik kompaniyasi yangi yo`nalishlar bo`yicha sayohatlarni tashkillashtirmokda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xususan, joriy yilning 2-3 fevral kunlari O`zbekiston Milliy bankining bir guruh xodimlari Buxoroga sayohatga chiqishdi.

Bank xodimlari Buxorodagi 12 asrlik Samoniylar maqbarasi, 1000 yoshga to`lgan salobatli Minorai Kalon, go`zal va maftunkor Labi Xovuz ansamblini tomosha qilishdi.

Sayohat davomida mehmonlar islom olamida Naqshbandiya tariqati nomi bilan mashhur yo`nalishga asos solgan «Etti pir»ning eng taniqlilari Xuja Abduxolik Gijduvoniy va Xo`ja Baxovuddin Naqshband maqbaralari joylashgan majmualarni ziyorat qilishdi.

Mazkur sayohat barcha mehmonlar uchun qiziqarli taassurotlarga boy bo`ldi. Sayohatchilar dastur yakunida o`z mamnunligini bildirishdi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar