AsosiyJamiyat

Buxoroda haydovchi YPX xodimini urib yubordi

'Buxoroda haydovchi YPX xodimini urib yubordi'ning rasmi

3 fevral kuni soat 11:20 larda Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi F.B. «Spark» rusumli avtomashinasini Yangibozor MFY Ibn Sino ko`chasida haydab ketayotib, shu ko`chada xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori, safdor T.Asadovni urib yuborgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, natijada safdor T.Asadov jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar