Kollej o`quvchisi onasi va o`gay ukasining qotiliga aylandi

Jinoyat 06.02.2018, 11:13
Kollej o`quvchisi onasi va o`gay ukasining qotiliga aylandi

Urganch qurilish kasb-hunar kollejining birinchi bosqich o`quvchisi Og`abek Abdullaev 2018 yilning 31 yanvar kuni onasi Gulnora To`raeva bilan janjallashib, g`isht bo`lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazadi va ayollar ro`moli bilan bo`g`ib o`ldiradi.

Mash`um voqea sodir bo`lgan paytda Og`abekning shu uyda yashovchi o`gay ukasi Azizbek Masharipov onasiga tegmaslikni so`rab yalinib-yolvoradi. Ammo ko`zlari qonga to`lgan qotil o`zi bilan bir qorindan talashib tushgan ukasini ham ayamaydi. Besh yashar Azizbekni ham ayollar ro`moli bilan bo`g`ib o`ldirib, jinoyat izini yashirish maqsadida jasadni jomadonga joylab tunda uy erto`lasiga tushirib qo`yadi. Qo`shnilarning hushyorligi va ogohligi natijasida ushbu jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko`ra jinoyatga aloqador tomonlarning shaxsiga oid ma`lumotlar aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, Gulnora To`raeva ikki marta nikohsiz tushmush qurib, har turmushidan bir nafardan farzandli bo`lgan. Ilgari sudlangan. Tayinli bir ish bilan shug`ullanmay, engil-elpi hayot kechirishga odatlangan. Nosog`lom muhit shakllangan oilada tarbiyalangan Og`abek ham 2017 yilning mart oyida o`g`irlik jinoyati sodir etib sudlangan. Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan. Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1