AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi eng yaxshi kitobxonga Spark sovg`a qiladi

'Yoshlar ittifoqi eng yaxshi kitobxonga Spark sovg`a qiladi'ning rasmi

Prezidentning qaroriga muvofiq, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi, deb xabar qiladi ittifoq raisi Qahramon Quronboev.

Tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad – bolalar va yoshlar o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma`naviy saviyasini yuksaltirishdan iborat.

Minglab yoshlar bilimlarini sinash uchun o`z hujjatlarini topshirdi. 13-16-fevral kunlari tanlovning Respublika bosqichi bo`lib o`tadi.

Tanlovning 1-o`rin g`olibiga “Prezident sovg`asi” — Spark avtomashinasi, 2-o`rin uchun kompyuter jamlanmasi (monoblok) va printer (1x3) hamda 3-o`rin sohibiga 200 dona kitoblar to`plami sovg`a qilinadi.

    Boshqa yangiliklar