O`zbekistondagi ikkita maktabda yangi maktab formasini sinovdan o`tkazish boshlandi, deb yozadi "Xalq so`zi" Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatovga asoslanib.
Vazirning so`zlariga ko`ra, mahalliy dizaynerlar tomonidan tayyorlangan 30 xildagi formalaridan boshlang`ich, o`rta va yuqori sinf o`quvchilarga mo`ljallangan 4 tadan to`plamlar tanlab olingan. Yaona maktab formasini joriy etish bo`yicha sinov poytaxtning 91 — sonli va Sirdaryo viloyatining 4-sonli maktabida o`tkazilmoqda.
Hozirda bu formalar har xil maktablarda amaliy sinovdan o`tkazilmoqda va ota-onalar tomonidan maxsus nazoratga olingan.
"Sinovning shaffofligini ta`minlash maqsadida bir nechta to`plamlar ikkita har xil maktablarda joriy etishga qaror qildik. Kiyimlar berilgan o`quvchilarning ota-onalariga har hafta maxsus kartaga o`z e`tirozlarini yozib borishllari so`raldi. Ushbu forma bolalar uchun qanchalik qulayligi va chidamligini bilib olishimiz zarur. Kir yuvilgandan keyin kichraymaydimi, matosi sifatlimi, dazmollangandan keyin qanday bo`lishi hamda boshqa holatlarga ham ota-onalar a`lohida e`tibor berishlarini so`radik”, — deydi vazir.
Ushbu sinov o`quv yili so`nggida yakunlanadi va yangi o`quv yilidan maktablarda joriy etilidigan forma namunasi aniqlanadi.