AsosiyJamiyat

«O`zbekiston havo yo`llari» xalqaro chiptalarni tannarxidan past narxda sotadi

'«O`zbekiston havo yo`llari» xalqaro chiptalarni tannarxidan past narxda sotadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 6 fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni "O`zA"da to`liq keltirilgan.

Unga ko`ra, «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasiga xalqaro reyslar uchun aviabiletlarni tannarxidan arzonroqqa sotishga ruxsat etildi.


Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda «O`zbekiston havo yo`llari» MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo`yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy etish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar