AsosiyJamiyat

Toshkent IIBBga maktab internati hududida "bomba" borligi to`g`risida yolg`on xabar berildi

'Toshkent IIBBga maktab internati hududida "bomba" borligi to`g`risida yolg`on xabar berildi'ning rasmi

5 fevral kuni Toshkent shahar IIBBga Yashnobod tumanidagi maktab internati hududida “bomba” borligi to`g`risida xabar kelib tushadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma`lum qiladi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, shu kuni soat 18:18larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Lyudmila Kucherenko mast holda 103-sonli Aqli zaiflar maktab internatida o`qiyotgan o`g`li I.Vladimirovichni uyiga olib ketgani kelganida internat rahbariyati uni mast holda bo`lganligi uchun olib ketishiga ruxsat bermagan.

Shundan so`ng Lyudmila Kucherenko Toshkent shahar IIBB “102” xizmatiga qo`ng`iroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida “bomba” bor deb yolg`on xabar bergan.

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga tuman IIB va huqukni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari etib kelib maktab internat hududini tekshirilganlarida xech qanday portlovchi moddalar va shubxali buyumlar topilmagan.

Ko`rilgan choralar natijasida yolg`on xabar bergan Lyudmila Kucherenko ushlangan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar