2018 yil 20 oktyabrda O`zbekistonda ommaviy diktant tadbiri o`tkaziladi.
Davlat dasturiga asosan rejalashtirilayotgan mazkur tadbir korxona, muassasa va tashkilotlarda o`tkaziladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.
Ta`kidlanishicha, ommaviy diktant tadbirini o`tkazishdan maqsad savodxonlikni oshirish, madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boyligimiz hisoblangan o`zbek tilining rolini kuchaytirishdir.
O`z savodxonlik darajasini aniqlamoqchi bo`lgan yurtdoshlarimiz mazkur tadbirga ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin.
07.02.2018 09:14
O`zbekistonda ommaviy diktant tadbiri o`tkaziladi






