AsosiyJamiyat

"Nilu" qishlog`ida masjid rasman ish faoliyatini boshladi

'"Nilu" qishlog`ida masjid rasman ish faoliyatini boshladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Nilu” qishlog`idagi masjid rasman ish faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Feysbukdagi sahifasida xabar berildi.

"Nilu" qishlog`i aholisi 2 ming 70 nafar kishidan iborat. Qishloq markazida “Sarihavz” nomi bilan mashhur ziyoratgoh (majmua) bor, uning ikkinchi nomi “Bahouddini balogardon”. Bu muborak qadamjo Bahouddin Naqshband hazratlarining qadamjolari bo`lib, mazkur majmuaga masjid binosi, hovuz ("Nilu" qishlog`ining aholisi uchun yagona ichimlik manbai), tut va chinor (aylanasi 35-36 metr, balandligi 70 metr va O`rta Osiyoda ikkinchi o`rinda turadigan) daraxtlari kiradi.

Endilikda ushbu hududdagi aholining bir necha kilometr uzoqlikdagi masjidlarga qatnashiga zarurat qolmadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar