JAR da safari ishtirokchisi sherlarning gienaga bo`lgan hujumini videoga oldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
61 yoshli turist Lui le Ru (Louis Le Roux) Kgalagadi parkidagi sharshara yonida sherlar tuzog`iga tushib qolgan gienani videoga oldi.
Suv ichish uchun sharsharaga yaqinlashgan giena pistirmada turgan sherlarni sezmadi.
Ularni ko`rgandan keyin esa orqasiga qaramay qochdi. Gienaning orqasidan avvaliga ikki nafar sher quvgan bo`lsa, birozdan keyin ularning soni beshtaga etdi. Biroq giena ulardan ham chaqqonroq chiqdi.
“Bugun gienaning omadli kuni ekan, u bir to`da sherlar changalidan qochib qutuldi”, deb voqeaga izoh berdi Lui le Ru.





