1

Farg`onada besh yoshli qizchani o`ldirganlikda gumondor shaxs ushlandi

Jinoyat 10.02.2018, 08:40
Farg`onada besh yoshli qizchani o`ldirganlikda gumondor shaxs ushlandi

Farg`ona viloyatida besh yoshli qizchani o`ldirganlikda gumondor shaxs ushlandi. Bu haqda, maktabgacha ta`lim vazirligiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 5 fevral kuni chamasi soat 16-00 da, Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi 6- maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi G`afforalieva Kibriyoxon Furqatjon qizi yo`qolgan va 6 fevral kuni soat 00-20 atrofida Kibriyoxonning tan jarohatlari etkazilgan jonsiz tanasi Oqbo`yra qishlog`i hududidan topilgandi.

9 fevral kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo`shtepa tumanida istiqomat qiluvchi gumondor O. A. qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1