AsosiySport

Futzalchilarimiz Osiyo chempionatida bronza medalni qo`lga kiritdi

'Futzalchilarimiz Osiyo chempionatida bronza medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Xitoy Taypeyida futzal bo`yicha o`tkazilayotgan Osiyo chempionatining uchinchi o`rni uchun o`tkazilgan bahsda O`zbekiston va Iroq terma jamoalari o`zaro bahslashdi.

Keskin va murosasiz o`tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 4:4 hisobi qayd etildi va g`olibni aniqlash penaltilar seriyasiga qoldi. Asosiy vaqtda terma jamoamiz a`zolaridan Davron Choriev, Ilhom Hamroev bittadan gol urgan bo`lsa, Artur Yunusov o`yinda raqib darvozasini ikki marotaba ishg`ol etdi.

Penaltilar seriyasida terma jamoamiz 2:1 hisobida g`alaba qozonib, musobaqaning uchinchi pog`onasidan joy oldi.

    Boshqa yangiliklar