Bugun, 12 fevral kuni Dehli shahrida amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan ham uchrashuv o`tkazdi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston va Hindistonning siyosiy, ishbilarmon va boshqa doiralari orasida ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlashga qiziqish oshayotganligi qayd etildi. O`zbekiston va Hindistonning etakchi firma va kompaniyalari vakillari uchun shart-sharoit yaratish va ular o`rtasidagi aloqalarni o`zaro qo`llab-quvvatlashga asosiy e`tibor qaratildi.
Hindiston tomoni Afg`oniston bo`yicha Toshkent forumini o`tkazishga oid O`zbekiston tashabbusini to`liq qo`llab-quvvatladi.






