Buxoroda “firibgar muxbir”ning harakatlari oshkor etildi

Jinoyat 13.02.2018, 15:15
Buxoroda “firibgar muxbir”ning harakatlari oshkor etildi

Buxoro viloyati IIBdagi ishonchli manbasi xabariga ko`ra, Buxoroda o`qishga kiritib qo`yishni va`da berib, 2000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan “firibgar muxbir”ning harakatlari fosh etildi.

G`ijduvon tumani, Paxtobod MFY, Ko`krabot qishlog`ida yashovchi L.M. o`qishga kirish istagida o`zining bu muammosini hal qilib beradigan hojatbaror shaxsni qidirib, oxir-oqibat Toshkent shaxridagi “Tadbirkor va iste`molchi” gazetasida muxbir vazifasida ishlaydigan Ch. B. ga duch keladi.

Buxoro viloyati, Qorako`l tumani, Chovli MFYda yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan, “Tadbirkor va iste`molchi” gazetasida muxbir vazifasida ishlasada, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2 qismi “v,g” bandi va 228-moddasi 2 qismi “a,b” bandi bilan sudlangan Ch.B. o`zining tanishlari orqali fuqaro L.M.ni Toshkent Davlat Jahon tillari Universitetiga o`qishga kiritishga va`da berib, o`qishga kiritish vakolati bo`lmasada uni aldab, uning ishonchini suiiste`mol qilib, firibgarlik yo`li bilan undan 2000 AQSh dollarini oladi.

O`qishga kirolmagan L.M. “hojatbaror” muxbirga ishonib ko`zlagan maqsadiga erishmaganidan so`ng 1050 AQSh dollarini qaytarib oladi va qolgan 950 AQSh dollarini hanuzgacha ololmagani uchun Ichki ishlar organlariga ariza orqali murojaat qiladi.

Ushbu ariza yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida, “muxbir” tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim qilingan, 950 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olib qo`yiladi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan, Buxoro viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan, B.Ch.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1