1

Qo`lbola juvozda tayyorlangan moyning sifati talabga javob beradimi?

Jinoyat 14.02.2018, 01:42
Qo`lbola juvozda tayyorlangan moyning sifati talabga javob beradimi?

Mamlakatimizda xalq iste`moli mollari ishlab chiqarish jarayoni doimiy ravishda tegishli nazorat organlari tomonidan o`rganib boriladi. Chunki, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda yo`l qo`yilgan har qanday xato inson hayoti va sog`lig`iga xavf solishi tayin.


Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan V.Boltaev o`z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo`ydi. O`z uyida o`simlik yog`i ishlab chiqarishga mo`ljallangan qo`lbola moyjuvoz uskunasini o`rnatdi. Noqonuniy yo`llar bilan bo`lsa-da, boylik orttirishni ko`zlagan ushbu shaxs laboratoriya nazoratidan o`tmagan, iste`mol uchun mutlaqo yaroqsiz bo`lgan o`simlik yog`ini ishlab chiqara boshladi.

Tuman ichki ishlar bo`limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda 2018 yil 5 fevral kuni o`tkazgan tezkor reyd chog`ida fuqaro V.Boltaev o`z uyida “ayni ish ustida” ushlandi.

Reyd yakunida moyjuvoz uskunasi hamda 395 kilogramm paxta chigiti, 47 kilogramm kunjara va 127 kilogramm paxta yog`i ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi.

Bir qonunbuzilishi keyingisiga yo`l ochib beradi, deganlaridek, tekshiruv jarayonida fuqaro V.Boltaev nafaqat qo`lbola moyjuvoz o`rnatib, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgani, balki moyjuvozni ishlatish uchun elektr energiyasidan ham noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi. Ushbu holat tegishli mutaxassislar tomonidan o`rganilganda “uddaburon" juvozchi davlatimiz iqtisodiga qariyb 27 million so`mlik zarar etkazishga ham ulgurgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1