Kadrlar o`zgarishi haqida bosh vazir Abdulla Aripov selektor majlisida ma`lum qildi.
O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olindi. Qo`mitaga bosh prokuror o`rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialievich Azimov yangi rais etib tayinlandi.
Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Do`sanov o`rniga Bojxona qo`mitasiga rais etib tayinlangan edi. Tohiriy bunga qadar O`zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti qo`riqlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.






