1

Sudyaga pora taklif qilindi

Jinoyat 14.02.2018, 17:30
Sudyaga pora taklif qilindi

Ikromjon Mahmudov sudlangunga qadar fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining devonxona mudiri vazifasida ishlagan. U mansab mavqeidan foydalanib, aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan firibgarlik hamda pora berishga dalolat qilish kabi jinoyatlar boshida turdi.

I.Mahmudov o`zining eski tanishi, Sud ijrochilarining Quva tuman bo`limi 2-toifali ish yurituvchi kotibi D.Toshpo`latovning iltimosidan o`z manfaati yo`lida foydalanmoqchi bo`ldi. D.Toshpo`latov jiyani E.Parmonovaning ukasi S.Tojiev sudning hal qiluv qarorini bekor qilish uchun elib-yugurayotganini aytadi. Gap fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2016 yil 7 dekabrdagi AT “Xalq banki” Quva filiali foydasiga jami 145 million 617 ming 500 so`m kredit mablag`larini undirish, undiruvni javobgarlarning garovga qo`yilgan va boshqa mol-mulkiga qaratish, ularni realizasiya qilish qiymatini berish haqidagi qaror ustida borayotgan edi. I.Mahmudov vaziyatga o`zicha chora topgan bo`ldi. Hal qiluv qarorini sudya bilan gaplashib bekor qildirishga va`da berdi. Faqat ish oson kechishi uchun sudyaga pora taklif qilish zarurligini qo`shimcha qilishni ham unutmadi.

Holat yuzasidan ariza Milliy xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasiga kelib tushgach, zudlik bilan nazorat tadbiri o`tkazildi. I.Mahmudov fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudi ro`parasida joylashgan ovqatlanish majmuasida 1 ming 500 dollar olayotgan vaqtda qo`lga olindi. Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tuman sudi unga nisbatan tegishli jazo tayinladi, deb yozadi O`zA.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1