AsosiyShou-biznes

"Ichkarida"gi Sarp bilan tanishing

'"Ichkarida"gi Sarp bilan tanishing'ning rasmi

“Sevimli Tv” da namoyish etilayotgan “Ichkarida” turk seriali ko`p sonli tomoshabinlarni e`tiborini tortdi, desak adashmaymiz. Bolaligida ayrilgan ikki aka-uka, asli haqiqatni bilmay katta bo`lishi va yillar davomida bir-biriga qasdma-qasd kurashishlari ustiga qurilgan voqealar rivoji unga bo`lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Quyida bosh qahramoni Sarplarning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlarni o`qishingiz mumkin.

Bolalik...

Aras Bulut Iynemlini butun dunyoga mashhur qilgan roli — “Muhtasham yuz yil”ning to`rtinchi mavsumidir. U 1990 yil Istanbulda tug`ilgan. Aktyorning bir akasi va singlisi bor. Ta`kidlash kerakki, ularning ikkisi ham ijodkor. Akasi ssenariynavis bo`lsa, singlisi musiqa olamining vakili.

Texnikadan san`atgacha...

Arasning yoshi ulg`ayib, sohani tanlash vaqti kelganda Texnika universitetining aviasiya bo`limini tanlagan. Ammo oiladagi ijodiy muhit uni san`atga tobora yaqinlashtirib borardi. Shu sabab ham u 16 yoshligidayoq “Qaytish alleyasi” serialida rol ijro etgan. Hatto bugungi kunda ham turk televideniesida “aylantiriladigan” serialda aktyorning yoshligini qayta-qayta ko`rish mumkin. Biroz bo`lsa-da, mashhurlik olib kelgan ushbu yirik serialdan so`ng Aras, reklama roliklari qiroliga aylandi.

Turli choy va qahvalarning katta-kichik roliklarida turli obrzlarda chiqa boshlagan. Shundan so`ng, yodda qolarlik tashqi ko`rinishi bilan prodyusserlar nazariga tushgan aktyor, ketma-ket turli janrdagi kinoloyihalarda ishtirok etishni davom etgan. “Bebaho vaqt” serialida ikkinchi darajali roli esa uning Turkiyaning nufuzli mukofotlarini qo`lga kiritishga sabab bo`lgan.

23 yoshida esa aktyor uchun yangi bosqich boshlandi. U tarixiy serial “Muhtasham yuz yil” ga kirib borib, haqiqiy mashhurlik cho`qqisiga erishgan.

Aras Bulut Iynemlining so`nggi seriali “Ichkarida” bo`lib, ayni kunlarda prodyuserlarning yangi takliflarini o`ylab chiqmoqda.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar