FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. O`zbekiston milliy terma jamoasi ushbu reytingda avvalgi oydagiga qaraganda 5 pog`ona yuqorilab, 72-o`rindan joy oldi. Bu haqda O`FA rasmiy sayti xabar qiladi.
453 ochko to`plagan O`zbekiston MTJ Osiyoda Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Xitoydan keyin 7-o`rinda bormoqda.
FIFA reytingini Germaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. 2-o`rinni Braziliya terma jamoasi egallagan. 3-o`rinda Evropaning amaldagi chempioni Portugaliya joy olgan. Argentina 4, Belgiya esa 5-o`rinda. Shuningdek, kuchli o`nlikda Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya, Chili termalari bor.






