1

5 yoshli qizchaning o`limi bilan bog`liq tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi

Jinoyat 16.02.2018, 15:00
5 yoshli qizchaning o`limi bilan bog`liq tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 6-maktabgacha ta`lim muassasi tarbiyalanuvchisining mudhish o`limi bilan bog`liq shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Xo`sh, aslida nima bo`lgan edi o`zi, deb yozadi O`zA.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 5 fevral kuni soat 16:00 atrofida bog`cha hamshirasi M.Qodirova o`zining ikki farzandi bilan qarindoshining 5 yoshli qizi Kibriyoxon G`afforalievani olib ketgan. Qizchaning ota-onasi xorijga ishga ketgani sabab u bobosi va buvisi qaramog`ida yashagan.

Hamshira bu uch nafar bolani uyiga yaqin masofada qoldirib, o`zi bog`chaga qaytib kirib ketgan. Bu vaqtda velosiped mingan noma`lum erkak shaxs bolalarga shirinlik olib berish bahonasida ulardan ikkisini orqa o`rindiqqa, birini oldinga o`tqazgan. Ko`cha boshiga borgach, erkak ikki bolani qoldirgan va qizchani o`zi bilan olib ketgan.

Noma`lum shaxs qizchani "Poloson" mahalla fuqarolar yig`ini hududidan o`tuvchi Toshkent-Marg`ilon-Andijon yo`nalishidagi temir yo`lning Oltiariq-Marg`ilon qismidan Marg`ilon shahri tomonga olib borib, shu kuni soat taxminan 22:00 larda, atrof qorong`u bo`lishiga qaramay, qarovsiz holda qoldirib tashlab ketishi oqibatida ko`plab tan jarohatlari etkazilgan jasadi topilgan. Ushbu holat bo`yicha tezkor qidiruv ishlari olib borildi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida joriy yil 15 fevral kuni ushbu jinoyatni Qo`shtepa tumani "Qumtepa" mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan, yollanma ishchi A.A. sodir etgani aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan. Prokuratura tomonida tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1