AsosiyJamiyat

O`zbek-tojik davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilishga doir muzokaralar yakunlandi

'O`zbek-tojik davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilishga doir muzokaralar yakunlandi'ning rasmi

7-16 fevral kunlari Jizzaxda O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi va muzokaralari o`tkazildi.

Muzokaralarda chegara chizig`ining pozisiyalar mos kelgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi. Birgalikdagi ishlar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi, deb xabar qiladi Tojikiston TIV matbuot xizmati.

O`zbekiston Prezidentining Dushanbega davlat tashrifi chog`ida bu bo`yicha bitim imzolanishi kutilmoqda.

Uzunligi taxminan 1240 km bo`lgan umumiy chegaraning delimitasiyasi va demarkasiyasi bo`yicha kelishuv muvofiqlashtirilgan, imzolangan va ratifikasiya qilingan. O`zbek-tojik chegarasining taxminan 93 kilometri bahsli bo`lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar