AsosiyJamiyat

Toshkent markazida Tojikiston elchixonasining yangi binosi quriladi

'Toshkent markazida Tojikiston elchixonasining yangi binosi quriladi'ning rasmi

Tojikistonning O`zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun O`zbekiston poytaxti markazidan er ajratiladi. Qurilish ishlari Tojikiston byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Ajratilgan erda elchixona binosidan tashqari, Tojikiston diplomatlari uchun uy-joy, diplomatik vakolatxona uchun kerakli bo`lgan boshqa ob`ektlar quriladi.

Barcha qurilish va obodonlashtirish ishlari Tojikiston byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning mart oyi boshida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar