1

Ahmadboy: «Men hech qachon birovni aldamaganman»

Jamiyat 16.02.2018, 19:17
Teglar: Axmadboy
Ahmadboy: «Men hech qachon birovni aldamaganman»

Avval xabar berganimizdek, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboev va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi.

Sud oldida javob berayotgan A. Tursunboev va boshqalar Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Dilshod Komilov raisligida bo`lib o`tgan ochiq sud majlisida xalq maslahatchilari, prokuror, jabrlanuvchilar, fuqaroviy da`vogar vakili, sudlanuvchilarning advokatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi D. Komilovning O`zA muxbiriga ma`lum qilishicha, mazkur jinoyat ishi bo`yicha sud tergovi yakuniga etgan.

Sudda raislik qiluvchi sudlanuvchilarga so`nggi so`z berdi.

– Men hech qachon birovni aldamaganman, - dedi sudlanuvchi A. Tursunboev. – Odamlar menga o`z ixtiyori bilan pullarini keltirib bergan. Asl maqsadim bu pullarni tadbirkorlik qilib ko`paytirib, egalariga qaytarish bo`lgan. Men bundan afsusdaman va qilmishim uchun xalqimizdan, Prezidentimizdan kechirim so`rayman.

Boshqa sudlanuvchilar ham bilmay noqonuniy ishga aralashib qolgani, bundan pushaymon ekanliklarini bildirdi.

Sud majlisi yakunlandi. Sud maslahatlashuvi tugaganidan so`ng sud qarori e`lon qilinadi.

Sharhlar

Ahmadboyning advokati sud hukmidan shikoyat qilinishini bildirdi (video)

22.02.2018, 13:58

Ahmadjon Tursunboevning advokati sud hukmi haqida o`z fikrini bildirdi."Hukmni eshitdik. Himoyam ostidagi Ahmadjon Hamidovich Tursunboevga nisbatan, himoya nuqtai nazaridan qaralganda, juda og`irroq jazo berildi, deb...
Chinozlik "Axmadboy ishi" yuzasidan maxsus reportaj (video)

22.02.2018, 11:59

O`zbekiston tarixida ilk marotaba sud zalidan ochiq reportaj olib borildi. Chinozlik Ahmadboy Tursunboev va uning sheriklarining sud ishi jarayonidan "O`zbekiston24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportajni...
Sud Ahmadboyning sheriklariga ham jazo tayinladi

21.02.2018, 19:56

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini...
Sud Ahmadboyni 13 yil ozodlikdan mahrum etdi

21.02.2018, 16:39

Bugun Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudida o`tkazilgan ochiq sud majlisida xalqimiz orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan chinozlik tadbirkor A. Tursunboev hamda uning sheriklari ishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1