AsosiySport

"Uzbek Tigers" ushbu mavsumda boshqa jang o`tkazmaydi

'"Uzbek Tigers" ushbu mavsumda boshqa jang o`tkazmaydi  'ning rasmi

Butunjahon boks seriyasida O`zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Uzbek Tigers" jamoasi ushbu mavsumda janglar o`tkazmaydi. Bu haqda "Olamsport" nashri xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, nima uchun bunday qarorga kelinganining sababi ma`lum qilinmagan. “Yaqin vaqtlar ichida bu haqida rasman xabar beriladi”, deyiladi xabarda.

O`zbekiston boks federasiyasi xodimi Sputnik muxbiri bilan suhbatda bu boradagi yakuniy ma`lumot federasiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilishini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, "Uzbek Tigers" bu mavsumda "Amerika" guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang o`tkazishi lozim edi. 9 fevral kuni "Cuba Domadores"ga qarshi o`tgan jangda jamoa 0:5 hisobida mag`lubiyatga uchragandi.


    Boshqa yangiliklar