AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Barselona va Mumbayga muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda

'“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Barselona va Mumbayga muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi 2018- yil bahor-yoz mavsumida yangi yo`nalishlar ochish bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini ham ko`paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning matbuot xizmati xabar bergan.


Joriy yilning 24-mayidan boshlab, aviakompaniya haftasiga bir marta Barselonaga (Ispaniya) parvozlarni bajarishni boshlaydi. Shuningdek, MAK bahor-yoz jadvalida Mumbayga (Hindiston) ham muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

Aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan qatnovlar soni ham ortadi. Nyu-Yorkka parvozlar haftasiga uch marta, Istanbulga 10 marta, Seulga 4 marta va Novosibirskga uch marta bajariladi.

Bugungi kunda "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasining zamonaviy va qulay avialaynerlari Evropa va Osiyoning 40 dan ziyod shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Milliy aviakompaniya joriy yilning 4-martidan boshlab Toshkent-Ostona-Toshkent yo`nalishida to`rtinchi muntazam qatnovni yo`lga qo`yadi. Parvozlar yakshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi . Hozirda "O`zbekiston havo yo`llari" MAK Ostonaga muntazam yo`lovchi qatnovlarini haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar