AsosiyJamiyat

Etti kishi halok bo`lgan oiladan xabar olindi

'Etti kishi halok bo`lgan oiladan xabar olindi'ning rasmi

15 fevral kuni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong`in sodir bo`lishi oqibatida ushbu xonadonda yashab kelgan bir oilaning etti nafar a`zosi hayotdan ko`z yumgani haqida xabar berilgandi.

Ma`lum bo`lishicha, «Hilol» nashriyotida bir necha yillar davomida muharrir bo`lib ishlagan, «Tafsiri Hilol», «Kifoya» kabi asarlarni tahrir qilgan Shahobiddin hoji Odilovning yaqinlari ham ushbu falokat tufayli halok bo`lgan.


Shu munosabat bilan, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining hamdardliklarini etkazish maqsadida, Diniy idora mas`ullari ushbu xonadonga bordilar. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.


Musibatzada xonadan egalariga chin ko`ngildan ta`ziya izhor etib, muftiy hazratlarining hamdardliklari etkazildi. Bunday og`ir sinovlarni chinakam mo`minlarga xos sabru matonat bilan qarshi olishlarida Yaratgan Robbimiz madadkor bo`lishini tiladilar.


Qur`oni karim tilovat qilinib, marhumlar haqqiga bag`ishlandi.
Alloh taolo ushbu marhumlarni O`z rahmatiga olib, sabru jamil ato etsin.



    Boshqa yangiliklar