O`zbekistonning Tojikistondagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat 17.02.2018, 09:32
O`zbekistonning Tojikistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ergash Shoismatov O`zbekistonnig Tojikistondagi yangi Favqulodda va muxtor elchisi bo`ladi. Bu haqda “Xalq so`zi” xabar bermoqda.

Ergash Shoismatov Tojikistonda 14 yildan beri elchi vazifasida ishlab kelgan Shoqosim Shoislomovning o`rnini egallaydi.

Shoqosim Shoislomov esa O`zbekiston Prezidenti devonida tashqi siyosat sohasida yangi lavozimga tayinlangan.

Yangi elchi Shavkat Mirziyoevning mart oyida Tojikistonga amalga oshiradigan davlat tashrifidan oldin o`z faoliyatini boshlaydi.

Ma`lumot uchun, Ergash Shoismatov 1951 yilda tug`ilgan. Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1996 yildan 2001 yilgacha O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish vaziri lavozimida ishlagan. 2001-2006 “O`zbekenergo” Davlat aksiyadorlik boshqaruvi raisi, MDH Elektr energiyasi kengashi a`zosi bo`lgan.

2006 yil aprelidan 2010 yil 13 iyuliga qadar Bosh vazirning mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, neft-gaz sektori, geologiya, elektr energetikasi, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, davlat va safarbarlik zaxirasini standartlashtirish va metrologiya yo`nalishlariga mas`ul o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2014 yilda Energetika ishchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi bo`lgan.

U 2016 yildan “Uztransgaz” boshqaruvi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Ergash Shoismatov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1