1

29 kishidan iborat jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi

Jinoyat 17.02.2018, 18:24
29 kishidan iborat jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi

15-16 fevral kunlari Qozog`istonda o`tkazilgan maxsus tezkor operasiya chog`ida ushbu mamlakat va Qirg`iziston fuqarolaridan tashkil topgan jinoiy guruh qo`lga olindi. 29 kishidan iborat jinoyatchilar orasida bojxona, polisiya xodimlari, brokerlar bor, deyiladi Qozog`iston Bosh prokuraturasi xabarida.

Operasiya kontrabandaning oldini olish maqsadida o`tkazildi.

Jinoiy guruhning 16 nafar a`zosi Almati, Jambil viloyatlarida, 13 nafari Janubiy Qozog`iston viloyatida ushlangan. Amaliyotda mamlakat Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik qo`mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi xodimlari ishtirok etgan.

Eslatib o`tamiz, shu yil yanvar oyidagi Qozog`iston huquq-tartibot organlari tomonidan noqonuniy yo`l bilan qazib olingan 106 tonnalik oltinni Xitoyga kontrabanda yo`li bilan olib o`tilishiga chek qo`yilgandi. 15 fevral kuni esa Qozog`iton-Xitoy chegarasida umumiy qiymati 60 million tenge(187,4 ming AQSh dollari)ga teng xalq iste`moli mollarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish to`xtalib qolingan.

Mamlakat qonunchiligiga ko`ra, jinoyatchilar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1