AsosiyJamiyat

19 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'19 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 19 fevral kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -3 ... -1 daraja, kunduzi +10 ... +12 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, qor va yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +8 ... +13 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -13 ... -8, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0, kunduzi +10 ... +15 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar