AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo`lishi mumkin

'O`zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo`lishi mumkin'ning rasmi

2018 yilning uchinchi choragida jahon tajribasini o`rganish asosida O`zbekistonda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, “Aqlli qishloq” Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg`armasi va mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirish taklif etilmoqda.

Hujjatda “Aqlli qishloq” loyihasi to`g`risida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ochiq manbalarda keltirilishicha, “aqlli qishloq” deyilganda muqobil manbalardan foydalangan holda o`zini to`laligicha energiya bilan ta`minlaydigan uylar tushuniladi. Uylar shamol generatorlari, fotoelektr panellari, termonasoslar va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.

“Aqlli qishloq” konsepsiyasi, shuningdek, qishloq xo`jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etishni ham ko`zda tutadi.

    Boshqa yangiliklar