Mamlakatimizdagi bank-moliya muassasalari ichida “O`zsanoatqurilishbank” birinchilardan bo`lib, mijozlarga tezkor, sifatli va qulay bo`lgan xizmat ko`rsatishni yanada yaxshilash maqsadida tushliksiz faoliyat ko`rsatish tizimiga o`tdi.
Endilikda mijozlar ushbu bank orqali belgilagan ish soati vaqtida hech qanday to`siqlarsiz bemalol bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Ma`lumki, so`nggi paytlarda yurtimizda tadbirkorlikka bo`lgan qiziqish yanada kuchaydi. Chunki o`tgan qisqa vaqt mobaynida ko`plab me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, biznes faoliyatini boshlash istagidagilar tashabbusi har tomonlama qo`llab-quvvatlanmoqda. “O`zsanoatqurilishbank” joriy etgan bu yangilik ham mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadiga qaratilgandir.
“O`zsanoatqurilishbank” xizmatlaridan foydalanish uchun uning mamlakatimiz bo`ylab faoliyat ko`rsatayotgan 45 ta filialiga murojaat qilishingiz mumkin, deb xabar beradi moliya muassasi axborot xazmati.






