1

Shaxsan birlamchi hisobvaraq ochilgandan keyin onlayn rejimida bank omonati ochishga ruxsat beriladi

Jamiyat 19.02.2018, 17:40
Shaxsan birlamchi hisobvaraq ochilgandan keyin onlayn rejimida bank omonati ochishga ruxsat beriladi

Tegishli o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi banklarida depozit operasiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga (ro`yxat raqami 2711-1, 2018 yil 26 yanvar) kiritildi, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib o`tamiz, endi banklar mijozlari mobil ilovalar yoki shaxsiy kabinet orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati bilan barcha depozit operasiyalarini, shu jumladan bank omonatlari bo`yicha depozit operasiyalarini o`tkazishlari mumkin bo`ladi.

Mijozlar (jismoniy shaxslar) masofadan bank omonatlari ochish va boshqa bank omonatlari bo`yicha operasiyalarni o`tkazish imkoniyatiga egalar, basharti ular tomonidan shu bankda birlamchi hisobvaraq ochilgan va bir marta hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan bo`lsa.

Masofali rejimda qo`shimcha depozit hisobvaraq ochish uchun jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo shart emas.

Hozirgi vaqtda barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun masofadan bank xizmatlari ko`rsatish tizimini (shu jumladan mobil ilovalar ham) joriy etishni boshladi. Shuningdek, bank hisobvaraqlariga masofadan va kontaktsiz xizmat ko`rsatish («bank-klient», «internet-banking», «mobil bank», «CMC-banking») bo`yicha xizmatlar taqdim etish tizimi takomillashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1