AsosiyJamiyat

Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog`onasi to`g`rilandi

'Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog`onasi to`g`rilandi'ning rasmi

15 fevral kuni Namanganda birinchi bor egilgan umurtqa pog`onasi to`g`rilandi, deb xabar berdi Namangan Today. Hozirgacha bu kabi murakkab operasiya faqat Toshkent shahrida amalga oshirilar edi. Ushbu murakkab operasiyani viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda o`tkazildi.

Jarrohlik amaliyoti 4 soat davom etgan.

Uychilik, 20 yoshli bemor Mahbuba Yunusova maktabning 4-sinfida o`qiyotgan kezlarida harakat-tayanch organlarida salbiy o`zgarishlar kuchaygan. Etti yillik armon va azob endi ortda qolib, u endi qaddini tik tutib yurish baxtiga muyassar bo`ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar