1

O`zbekistonda avtomobillarni ijaraga berish xizmati yo`lga qo`yilmoqda

Jamiyat 20.02.2018, 10:45
O`zbekistonda avtomobillarni ijaraga berish xizmati yo`lga qo`yilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turizm sohasini rivojlantirish borasidagi hamda avtomashinalar ijarasini yo`lga qo`yishga oid qarori doirasida Rent-Car xizmati yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat Turizm qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bu borada tadbirkorlar o`zlarida mavjud bo`lgan tayyor loyihalarini taqdim etishmoqda.

Mazkur xizmat turi ilk bor Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xorazmda tajriba sifatida yo`lga qo`yiladi.

Avtomashinalar haydovchisiz ma`lum muddat vaqtda (bir necha soatdan bir necha oyga qadar) ijaraga beriladi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaroning pasporti hamda xalqaro toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi, xolos.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1