AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir nufuzli xalqaro konferensiya o`tkaziladi

'O`zbekistonda yana bir nufuzli xalqaro konferensiya o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekistonda “O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkaziladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli farmoyishda belgilab qo`yildi. Xalqaro konferensiya shu yil avgust oyida Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Hujjat mumtoz va zamonaviy o`zbek adabiyoti bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan tanishtirish, o`zbek adabiyoti tarixi, buguni va istiqboliga doir qarashlar, mamlakatda adabiyot rivoji, uni xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan chet ellik soha vakillari bilan fikr almashish, respublikada milliy-ma`naviy qadriyatlarni tiklash va boyitish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli chora-tadbirlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

    Boshqa yangiliklar