AsosiyJamiyat

Oleg Nazarov: O`zbek oshxonasi jahonda etakchiga aylandi. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldirayapti

'Oleg Nazarov: O`zbek oshxonasi jahonda etakchiga aylandi. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldirayapti 'ning rasmi

Rossiyalik professional restoran tanqidchisi, satirik yozuvchi, shoumen, Rossiya nyusmeykerlari mustaqil uyushmasi prezidenti Oleg Nazarov o`zbek milliy taomlari qanday qilib o`z yo`nalishi bo`yicha dunyo etakchilarini chetga chiqarib qo`ygani haqida gapirib berdi, deb yozadi «Xalq so`zi» nashri.

Uning so`zlariga ko`ra, ayni paytda o`zbek oshxonasi jahonda etakchiga aylangan. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldirayapti. Rus oshxonasi esa kuchli uchlikka kirish arafasida.

— O`zbeklar mana o`n yildirki etakchilikni hech kimga bermay kelayapti, — deydi u. — Ba`zan “o`lib borayotgan” restoranni choyxonaga aylantirishdek oddiy, lekin yangicha g`oyaning o`zi etarli bo`ladi. Hozirda shunday yondashuv jonlanayapti. Faqat oshpazlar O`zbekistondan bo`lishi kerak, boshqalarning palovi ularnikidek chiqmaydi.

Tanqidchining kuzatuvlariga ko`ra, rus oshxonasi Qrim voqeasidan restoranlarda chet el tansiq taomlari yo`qola boshlagach, qayta tug`ildi. Taomxonalar eski reseptlarni qidirdi, yangilarini o`ylab topdi.

    Boshqa yangiliklar