AsosiyJamiyat

O`zbekiston pochtasi bank va sug`urta xizmatlari ko`rsata boshlaydi

'O`zbekiston pochtasi bank va sug`urta xizmatlari ko`rsata boshlaydi  'ning rasmi

“O`zbekiston pochtasi” AJga agent sifatida bank va sug`urta xizmatlarini ko`rsatish, shu jumladan to`lovlarni qabul qilish va o`tkazish, bank kartalariga xizmat ko`rsatish, aholining bo`sh pul mablag`larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug`urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko`rsatish huquqlari taqdim etilishi mumkin.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kecha imzolangan “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilgan.

Farmonga ko`ra, “O`zbekiston pochtasi”ga mazkur xizmatlarni ko`rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda o`rganib, takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Xorijlik maslahatchilarni jalb qilgan va xalqaro tajribani o`rgangan holda “O`zbekiston pochtasi” AJni isloh qilish, xorijda xalqaro pochta jo`natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish bo`yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda taklif tayyorlab, hukumatga kiritishi lozim.

    Boshqa yangiliklar