1

Nursulton Nazarboev lotin yozuvi asosidagi yangi qozoq alifbosini tasdiqladi

Dunyo 20.02.2018, 16:18
Nursulton Nazarboev lotin yozuvi asosidagi yangi qozoq alifbosini tasdiqladi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev qozoq tili alifbosining lotin yozuviga o`tish bo`yicha farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog`iston.

2017 yil oktyabr oyida Nazarboev qozoq tili alifbosini 2025 yilgacha lotin yozuviga bosqichma-bosqich o`tkazish haqida farmonni imzoladi. O`sha vaqtning o`zida 32 harfdan iborat bo`lgan lotin grafikasidagi qozoq tili alifbosi tasdiqlandi. Ammo ko`plab mutaxassislar va oddiy fuqarolarning fikriga ko`ra, unda o`qish hamda yozishni qiyinlashtiradigan ajratish belgilari ko`p qo`llangan.

Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi alifbo ham 32 harfdan iborat bo`lib, unda ajratish belgilari soni kamaygan va digraflar (sh, ch) kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1