AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyoda xalqaro ekologik forumi o`tkaziladi

'Markaziy Osiyoda xalqaro ekologik forumi o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda «Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash» mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Poytaxtimizda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko`rish borasida O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar vakillari uchun brifing tashkil etildi.

Unda forum doirasida rejalashtirilayotgan tadbirlar muhokama qilinib, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillarining ishtirokini kengaytirishga e`tibor qaratish lozimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar