AsosiySport

«Nasaf» ilk marta BAA klubini mag`lub etdi (video)

'«Nasaf» ilk marta BAA klubini mag`lub etdi (video)'ning rasmi

Osiyo chempionlar ligasining 2-turidan o`rin olgan “Nasaf” hamda “Al Vasl” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

Uchrashuvda katta ustunlikga ega chiqgan qarshiliklar yakunda kichik hisobda bo`lsada g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi.

O`yinning birinchi bo`limi Ro`ziqul Berdiev shogirdlarining yaqqol ustunlikida o`tdi. Ammo bir qator xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmagan “Nasaf” futbolchilari ikkinchi bo`limda maqsadlariga etishdi.

Igor Golbanning 55-daqiqada bosh bilan kiritgan ajoyib goli yakunda qarshiliklarni ilk marta BAA klublari ustidan qozonilgan g`alabasini ta`minlab berdi. Shu tariqa o`yin “Nasaf” jamoasining kichik hisobdagi g`alabasi bilan yakun topdi.

“Nasaf” klubi nomidan muxlislarni bugungi g`alaba bilan tabriklaymiz!

OChL-2018

"S" guruhi, 2-tur

"Nasaf" (O`zbekiston) – "Al Vasl" (BAA) 1:0

Gol: Golban (57)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G`aniev - 20.Islom Kenjaboev, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov - 10.Bobir Abdixoliqov.

"Al Vasl": 1.Almanteri, 3.Saleh, 4.Jassim, 5.Salmin, 7.Kaio, 8.Kaseres, 15.Al Naqbi, 17.Mendesh, 22.Hassan, 44.Alazizi, 77.Hazza.

    Boshqa yangiliklar