Ushbu yilning 21 fevraldan Adliya vazirligi fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berishni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
“Inson huquqlari sohasida fuqarolarga bepul yuridik yordam ko`rsatish, ularga huquqiy axborot va og`zaki maslahatlar berish maqsadida Adliya vazirligi 2018 yilning 21 fevral kunidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasida fuqarolar qabulini tashkil etadi”, — deyiladi xabarnomada.
Xabarda aytilishiga ko`ra, qabul dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha amalga oshiriladi. Manzil — Toshkent shahri, Sayilgoh ko`chasi, 35-uy.






