Joriy yilning 17 fevral kuni Sh.E o`zining boshqaruvida bo`lgan Nexia rusumli avtomashinasini Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo`lining 943-kilometrida Toshkent yo`nalishi bo`yicha boshqarib ketayotib, X.U.ning boshqaruvida bo`lgan Damas rusumli avtomashina bilan to`qnashib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi natijasida 4 nafar jabrlangan fuqarolarga birinchi yordam ko`rsatilib, Sirdaryo viloyatining Sardoba shifoxonasiga etkazilishi ta`minlandi.






