AsosiyJamiyat

Qirg`izistondagi kafeda portlash oqibatida uch o`zbekistonlik jarohatlandi

'Qirg`izistondagi kafeda portlash oqibatida uch o`zbekistonlik jarohatlandi'ning rasmi

Qo`chqor-Ota shahridagi kafelardan birida gaz balloni portlashi oqibatida to`rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Sputnik Qirg`iziston Jalolobod viloyati IIBga asoslanib.

Portlash natijasida Toktogul tumanidagi Torkent qishlog`ida yashovchi Qirg`iziston fuqarosi va kafeda ishlovchi uch nafar O`zbekiston fuqarosi jarohatlangan.

"Hodisa sababini o`rganish uchun Nooken tumani IIB operativ guruhi voqea joyiga jo`natildi. Dastlabki taxminga ko`ra, novvoyxonada gaz sizib chiqishi oqibatida portlash yuz bergan", — deb xabar qildi IIB matbuot xizmati.

Hozirda tegishli tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar