1

Timsoh qornini yorgan qishloq ahli uning qornidan yo`qolgan odamning jasad qoldiqlarini topishdi

Dunyo 21.02.2018, 14:42
Timsoh qornini yorgan qishloq ahli uning qornidan yo`qolgan odamning jasad qoldiqlarini topishdi

Keniyaning Makueni okrugidagi Kantuni qishlog`i aholisi odam egan timsohning qornini yorishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Ati daryosiga baliq ovlashga borgan o`rta yoshli erkak yirtqichning o`ljasiga aylandi. U 16 fevral kuni baliq ovidan qaytmaganligidan keyin yaqinlari qidiruv ishlarini boshlab yuborishdi. Mahalliy aholi ham qidiruv ishlarida faol ishtirok etishdi.

Odamlar qirg`oqdan baliqchining kiyim-kechagi, undan sal narida quyoshda toblanib yotgan timsohni ko`rishdi. Qidiruv operasiyasining ishtirokchilari timsohning qornini yorganda, oshqozonidan inson qo`li topildi. Shundan keyin daryoning suvi quritilib, halok bo`lgan erkak jasadining qolgan qismlarini topishdi.

Parlament a`zosi Deniel Maanzo (Daniel Maanzo) Keniya tabiatni himoya qilish xizmatidan daryoda mavjud bo`lgan, hech qanday foydasi bo`lmagan timsohlarni yo`q qilishga chaqirdi.

Keniyada Nil timsohlari nomli yirtqichlar mavjud bo`lib, ularning uzunligi besh metrgacha etadi. Yirtqichlar juda jahldor bo`lgani bois o`zlaridan kuchli hayvonlarga ham bas kela oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1