1

Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda

Siyosat 21.02.2018, 15:05
Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yil bahor faslida Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan borishi mumkin. Bu haqda 20 fevral kuni Toshkentda bo`lib o`tgan ikki davlat tadbirkorlari biznes-forumida Ozarbayjonning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliev ma`lum qildi, deya xabar beradi «Xalq so`zi».

«Prezidentlar bir-birini yaxshi taniydi, ular bir qator xalqaro maydonlarda uchrashishgan. Aniq sanani hozir aytish qiyin, lekin tashrif shu yilning bahori, ehtimoli bilan may oyi oxirida bo`ladi», — dedi elchi.

Diplomatning ta`kidlashicha, tashrif davomida keng doiradagi yo`nalishlar, xususan, neft-gaz, qishloq xo`jaligi, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati bo`yicha hamkorlik masalalari ko`rib chiqiladi.

Tomonlar transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, Baku — Tbilisi — Kars yo`lagini yaratish masalasini ham muhokama etishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1