Turkiya mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 2017 yilda 87 190 nafar xorijlik fuqaro mamlakatda ishlashga ruxsat olgan. Ularning katta qismi suriyaliklar - 20 970 nafar.
Ikkinchi o`rinda Gruziyadan - 7 317 nafar fuqaro, Qirg`izistondan - 6 360, Ukrainadan - 5 761, Xitoydan - 4 288, Turkmanistondan - 3 847, Hindistondan - 3 055, O`zbekistondan - 2 465, Rossiyadan - 2 290 nafar fuqaro Turkiyada ishlash uchun rasmiy ruxsat olgan.
Bundan tashqari, ishlashga ruxsat olganlar orasida AQSh (983), Buyuk Britaniya (965), Germaniya (960), Italiya (649) va Fransiya (543) fuqarolari ham bor.
O`tgan yilda Turkiyada ishlashga izn olish uchun 100 ming nafar chet el fuqarolari murojaat qilgan va ulardan 87 190 nafariga ruxsat berilgan.






