AsosiyJinoyat

Sud Ahmadboyni 13 yil ozodlikdan mahrum etdi

'Sud Ahmadboyni 13 yil ozodlikdan mahrum etdi'ning rasmi

Bugun Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudida o`tkazilgan ochiq sud majlisida xalqimiz orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan chinozlik tadbirkor A. Tursunboev hamda uning sheriklari ishi yuzasidan sud qarori e`lon qilindi, ya`ni hukm o`qildi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar bermoqda.

Ular O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator moddalar — firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanganidan hamda sud tergovi yakunlanganidan barchaning xabari bor.

A. Tursunboev va sheriklari aytib o`tilgan moddalar bo`yicha ayblanayotgan bo`lishlariga qaramay, so`nggi so`z berilganida buni muayyan darajada rad etdi. Jumladan, A. Tursunboev odamlarni hech qachon aldamagani, ular o`z ixtiyori bilan pulini keltirgani, maqsadi ushbu mablag`ni tadbirkorlikka yo`naltirish orqali ko`paytirish va so`ngra egalariga qaytarish bo`lganini aytdi.

Shu bilan birga, qilmishidan astoydil pushaymonligini bildirib, xalqimiz va Prezidentimizdan kechirim so`radi.
Nihoyat, shular asosida sud qarori chiqarildi. Unga ko`ra, A. Tursunboev 13 yil ozodlikdan mahrum etildi. Uning sheriklariga ham tegishli jazo tayinlandi.

Boshqa yangiliklar