1

Turkman prezidenti 25 ta zirhlangan “Mersedes”larni sotuvga qo`ydi

Dunyo 21.02.2018, 18:53
Turkman prezidenti 25 ta zirhlangan “Mersedes”larni sotuvga qo`ydi

Turkmaniston prezidentining apparati 25 dona zirhlangan Mercedes-Maybach S600L avtomashinalarini sotuvga qo`ydi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri, “Xronika Turkmenistana” havolasiga tayangan holda.

Avtomashinalarning sotuvga qo`yilgani haqidagi xabar 19 fevral kuni mamlakat Davlat birjasining saytida e`lon qilingan. Mashinalar ishlab chiqarilgan yiliga qarab narxlangan.

1995 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes 25 100, 2009 yildagi 75 500 dollar deb baholangan. Ro`yxatdagi mashinalarning 13 tasi 2009 yilda ishlab chiqarilgan.

Nashrning ma`lum qilishicha, mazkur mashinalardan faqat boshqa davlatlarning rahbarlari kelganda ularni olib yurish uchun foydalanilgan.

Gurbanguli Berdimuhammedov boshqa paytda shaxsan o`zi avtomobil boshqaradi. U avtomobillarga juda qiziqadi. Videoroliklarda Berdimuhammedovning poyga avtomobillaridan ham foydalanayotganligini ko`rish mumkin. Hukumat mahalliy byudjetni to`ldirishning yangi usulini o`ylab topib, respublikada oq rangli mashinalardan boshqasini ekspluatasiya qilishni taqiqlagan edi. Berdimuhammedov oq rangli mashinalarni yaxshi ko`radi. Mazkur qonunga rioya qilmaganlar jarimaga tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1